O'zbek yozuvchisining hikoyasi Turk jurnalida chop etildi

Kardeş Kalemler dergisinde Özbekistanlı yazarın hikayesi yayınlandı

O'zbek yozuvchisining hikoyasi Turk jurnalida chop etildi
23 Nisan 2022 - 10:33

“Yoshlik” jurnali bosh muharriri, yozuvchi Nurilla Chorining “Lo‘litopmaslik chol” hikoyasi Yevrosiyo yozarlar birligi nashri – “Qardosh qalamlar” (“Kardeş kalemler”) jurnalida chop etildi.

Hikoyani o‘zbek adabiyotining Turkiyadagi tolmas tag‘ribotchisi, Anqara Hoji Bayram Vali universiteti dotsenti Vali Savash Yelo‘q (Veli Savaş Yelok) tarjima qilgan.

U o‘zbek adabiy jamoatchiligiga Erkin Vohidov ijodi bo‘yicha tadqiqotlari bilan yaxshi tanish. Vali Savash Shukur Xolmirzayevning “Ot egasi”, Qamchibek Kenjaning “Ov”, Murod Muhammad Do‘stning “Dashtu dalalarda”, Tog‘ay Murodning “Er-xotin”, Xayriddin Sultonovning “Bunchalar shirinsan, ey achchiq hayot!”, Nazar Eshonqulning “Bahouddinning iti”, Luqmon Bo‘rixonning “Aldoqchi tunlar” kabi hikoyalarini ham turk tiliga tarjima qilgan.

“Qardosh qalamlar” jurnalining 2020 yil 9-sonida Nurilla Chorining “Bo‘ron tingan kecha” degan yana bir hikoyasi ham chop etilgan edi.
Kaynak:https://tkaweb.org/?p=36081

FACEBOOK YORUMLAR

YORUMLAR

  • 0 Yorum